Dyuden sharsharasi
Dyuden sharsharalari (turkcha: Düden Şelalesi) — Turkiyaning Antaliya viloyatidagi Antaliya shahridagi sharsharalar kaskadi. Kaskad Onadoʻli janubidagi daryolardan biri boʻlgan Dyuden daryosidan hosil boʻladi.
Geografiya va gidrologiya
Dyuden sharsharalari karst tizimining bir qismidir. Yuqori Dyuden sharsharasi (shuningdek, Iskandar Zulqarnayn sharsharasi deb ham ataladi) Antaliya shahrining shimoli-sharqiy qismida joylashgan va Quyi Dyuden sharsharasi (boshqa nomi Karpuzkaldiran turkcha: Karpuzkaldıran) - uning sharqiy qismida. Dyuden daryosining manbai Kyrkgozler (turkcha: Kırkgözler) va Pinarboshi (turkcha Pınarbaşı), eski Antaliya-Burdur yoʻlining 28 va 30-kilometida joylashgan. Ularning suvlari bir oqimga toʻplanadi va kanallar orqali Kepez 2 (6 MVt) va Kepez 1 (26,4 MVt) GES kaskadining turbinalariga, soʻngra shahardan gʻarbdan sharqqa oʻtadigan sun'iy kanal orqali, Dyudenboshi degan joyga yetib boradilar. Qadimgi daryo tubi u erdan boshlanadi va Yuqori Duden sharsharasi ham ushbu yonalishda boʻylab joylashgan. Yer osti qismi Biyikli karst oʻramasidan boshlangan (turkcha: Bıyıklı), buloqlar yaqinida joylashgan boʻlib, toshqin davrida bu joyda suv oqimi 30 m³/s ga yetishi mumkin. Keyinchalik, daryo Varsak (turkcha: Varsak) chuqurligidan chiqib soʻng oqim yana er ostiga tushib, u erda 3 km oqib oʻtdi va Dyudenboshida yana suv yuzasiga chiqdi. 13 kilometr quyida Quyi Dyuden sharsharasi joylashgan boʻlib, u erda suv 40 ,etrlik balandlikdan toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻrta Yer dengiziga tushadi.
Turizm
Sharsharaga sayohatlar tashkil etiladi. Yuqori sharsharadagi bogʻga kirish pullik, pastki sharsharadagi bogʻga kirish bepul. Bogʻlar xushmanzarali panoramalarni tomosha qilish uchun joylar, shuningdek, restoran va kafelar bilan jihozlangan. Yuqori sharsharaning eski karst kanali gʻorlar shaklida yaratilgan. Quyosh va pastki sharsharaning suv suspenziyasi kunning ma'lum vaqtlarida kamalak hosil qiladi. Pastki sharsharaning eng yaxshi koʻrinishi dengizdan ochiladi, turistik kemalar Antaliyaning eski shahridagi portdan joʻnaydi. 2015-yil kuzda pastki sharsharani kechki payt tomosha qilish imkonini berevchi yoritqichlar ornatilgan.
Fotogalereya
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org