DYU VIN YU VINSET
DYU VIN YU VINSET (1901.18.5, Chikago — 1978.11.12) — amerikalik biokimyogar. Sent Luisdagi J. Vashington universiteti (1932 yildan) va Kornell universiteti Tibbiyot kolleji professor (1938 yildan). Ilmiy ishlari asosan gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar kimyosiga oid. Dyu insulinning kimyoviy tuzilishini tekshirgan, oksitosin (1932) va vazopressinlarning har biri yopiq qalqa shaklidagi S—S bog’lar hosil qiluvchi 8 ta aminokislotadan tashkil topganligini aniqlagan. Avstriyalik biokimyogar E. Tuppiga bog’liq bo’lmagan holda oksitosinni kristall holatda ajratib olgan (1953). Penisillinni sintez qilish mumkinligini ko’rsatib bergan, V guruhi vitaminlarining olinish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1955).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz