Dyor




Dyor — Vengriyaning shim.garbidagi shahar, Raba daryosi boʻyida, Dyor-Shopre medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 127,4 ming kishi (1997). Muhim temir yoʻl tuguni, dare porti. Budapesht va Mishkolsdan keyin 3-oʻrindagi sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (vagonsozlik va stanoksozlik). Toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Lok, boʻsq, sunʼiy charm, mebel, qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi. Ped. instituti, teatr, muzey va b. bor. Oʻrta asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz