Dylan Olsen
Dylan D. Olsen (talaffuzi: Dilan D.Olsen) (1991-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik va kanadalik professional xokkeychi. Dylan Olsen hozirda erkin agent hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati
Havaskor
Dylan Olsen NCAA huquqini saqlab qolish uchun AJHL vakili Camrose Kodiaks xokkey jamoasi bilan foliyati olib bordi. Dylan Olsen 2006—2007-yillarda Kodiaks jamoasi bilan ikkita oʻyinda maydonga tushib, gol urishga muvaffaq boʻldi.
Dylan Olsen 2007—2008-yilgi yangi mavsumda klub safida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol va 24 ochko toʻpladi. Bu koʻrsatkichlar orqali Dylan Olsen Kodiaks xokkey klubiga ligada eng yaxshi natijani qayd etishga yordam berdi. Shuningdek, Dylan Olsen klub bilan 2008-yilgi AJHL chempionligini qoʻlga kiritdi.
Dylan Olsen 2009—2010-yilgi mavsumni Minnesota Duluth Bulldogs universiteti xokkey jamoasida oʻtkazdi.
Professional
Dylan Olsen 2010-yil 31-dekabrda Chicago Blackhawks xokkey jamoasi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Dylan Olsen Olsen „Blackhawks“ning kichik ligadagi filiali Rockford xokkey klubi safiga joʻnatildi.
Dylan Olsen klub safida 2012-yil 17-aprelda oʻzining birinchi pley-off oʻyinida ishtirok etdi.
2013—2014-yilgi mavsumda, 2013-yilning 14-noyabrida Dylan Olsen Kris Versteeg va Philippe Lefebvre evaziga Jimmy Hayes bilan birga „Blackhowks“ klubi tomonidan Florida Panthers xokkey jamoasiga almashtirildi. Dylan Olsen oʻzining birinchi NHL golini „Panthers“ jamoasi tarkibida 2013-yil 5-dekabrda „Winnipeg Jets“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi.
2015—2016-yilgi mavsumdan soʻng, Dylan Olsen „Panthers“ xokkey klubini tark etdi. Shundan soʻng, Dylan Olsen 2017-yil 13-sentyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubi mashgʻulotlarida qatnashish uchun sinov mashgʻulotlariga bora boshladi. Sinovdan soʻng, Dylan Olsen 2017-yil 19-sentyabrda klubning AHL filiali „Stockton Heat“ xokkey klubi bilan sinovdan o‘tishga tayinlandi. 13-oktyabr kuni Dylan Olsen ECHL vakili Adirondack Thunder xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Shimoliy Amerikada 8 mavsum o‘ynagach, Dylan Olsen 2018-yil 31-may kuni Angliyaning „Nottingham Panthers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzolash uchun xorijga joʻnab ketdi.
Dylan Olsen 2019—2020-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikaga qaytib, 2020-yil 10-yanvarda „South Carolina Stingrays“ xokkey jamoasi bilan ECHLdagi professional faoliyatini davom ettirdi.
Shaxsiy hayoti
Dylan Olsenning otasi Darryl Olsen 1991—1992-yilgi NHL mavsumida „Calgary Flames“ xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org