Dylan Easton
Dylan Easton (talaffuzi: Dilan Iston) (1994-yil 6-aprelda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Dylan Easton „Raith Rovers“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynaydi.
Dylan Easton futbolchilik faoliyati davomida „Livingston“, „Berwick Rangers“, „St Johnstone“, „Elgin City“, „Clyde“, „Forfar Athletic“, „Kelty Hearts“, „Airdrieonians“, „Arbroath“ va „Dumbarton“ futbol klublarida oʻynagan.
Faoliyati
Livingston
Dylan Easton „Hutchison Vale“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, 2011-yil iyul oyida Dylan Easton „Livingston“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 2012-yilning 11-fevralida „Partick Thistle“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Dylan Easton (17 yoshida) oʻzining birinchi jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan.
St Johnstone
2013-yilda Dylan Easton Shotlandiya Premer ligasi vakili „St Johnstone“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Dylan Easton 2015-yilning avgustida oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan.
Dumbarton (ijara)
Dylan Easton 2015-yilning yanvar oyida ijara shartnomasi asosida „Dumbarton“ futbol klubi safiga oʻtgan. Dylan Easton klub safidagi ilk oʻyinini „Livingston“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazgan.
Elgin City
2015-yil oktyabr oyida Dylan Easton (2015-yil avgustida oʻzaro kelishuvga koʻra „St Johnstone“ futbol klubini tark etganidan keyin) „Elgin City“ futbol klubi bilan 2016-yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. Dylan Easton klubdagi oʻyinlarida qisqa vaqt ichida koʻplab golli uzatmalarni amalga oshirgan. Dylan Easton bir nechta ajoyib oʻyinlari bilan muxlislarning sevimlisi futbolchisiga va mavsumning yulduz futbolchilaridan biriga aylangan.
Clyde
2016-yil 28-may kuni Dylan Easton Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Clyde“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. Dylan Easton „Clyde“ futbol klubi safida 2016—2017-yilgi mavsumning eng yaxshi golini kiritishga muvaffaq boʻlgan. Yarim himoyachining avgust oyida „Montrose“ klubiga qarshi oʻyindagi ajoyib zarbasi onlayn ovoz berishda mavsumning eng yaxshi goli deb topilgan. Dylan Easton 2017-yil iyun oyida „Clyde“ futbol klubini tark etgan.
Forfar Athletic
Dylan Easton 2017-yilning 20-iyunida Dylan Easton „Forfar Athletic“ futbol klubi bilan ikki yillik kleishuvga erishgan.
Kelty Hearts
Dylan Easton 2019-yil iyun oyida „Kelty Hearts“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.
Airdrieonians
2021-yil 11-iyun kuni Dylan Easton Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Airdrieonians“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
Raith Rovers
2022-yil 26-mayda Dylan Easton Shotlandiya chempionati ishtirokchisi „Raith Rovers“ futbol klubi safiga 2 yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.
Faoliyat statistikasi
2019-yil 11-may holatiga ko'ra;
Manbalar
uz.wikipedia.org