Dyan Cannon




Dyan Cannon ( Samille Diane Friesen ; 1937-yil 4-yanvar) — amerikalik aktrisa, rejissor, ssenariynavis, produser va muharrir. U uch marotaba Oscar mukofotiga nomzod bo'lgan.

Yoshligi



Cannon 1937-yil 4-yanvarda Vashington shtatining Tacoma shahrida Samille Diane Friesen ismi bilan uy bekasi Claire (qizlik familyasi: Portnoy) hamda hayotni sug‘urtalovchi bo'lib faoliyat yuritgan Ben Frizenlarning qizi bo‘lib tug‘ilgan.

U Rossiyadan kelgan muhojir ashkenazi yahudiy onasi tarbiyasi ostida yahudiy dini muhitida ulgʻaygan. Uning otasi baptist boʻlgan. U Gʻarbiy Sietl oʻrta maktabida o'qigan va Vashington universitetida ikki yarim yil tahsil olgan. Uning ukasi jazz musiqachisi David Friesen edi.

Faoliyati



Cannon filmlardagi debyutini 1960-yilda The Rise and Fall of Legs Diamond filmida qilgan; u 1950-yillarning oxiridan beri televediniyeda muntazam paydo bo'lgan.

Shu jumladan, 1959-yildagi Lady Luck epizodida Mary Lowery rolida Bat Masterson teleserialida maxsus mehmon sifatida ishtirok etgan va yana 1961-yilda The Price of Paradise filmidagi Diane Jansen rolida ham koʻrinish bergan. U 1959-yilda CBS telekanalining Wanted: Dead or Alive teleserialida, 52-epizodi boʻlgan „Vanishing Act“da Nicole McCready rolini oʻynagan.

Taxminan oʻsha paytda, u Don Durant rol oʻynagan CBSda efir yuzini koʻrgan Johnny Ringo teleserialida hamda ABC telekanalida uzatilgan Jack Lordning Stoney Burk serialida koʻrinish beradi. U, shuningdek, 1961-yilda oʻzining Diane Cannon ismini ishlatib, Tracey Steele,Robert Conrad va Connie Stevens bilan birgalikda Hawaiian Eyeda paydo boʻladi.

1963-yilda Cannon Rosemary rolini oʻynagan Brodvey musiqiy filmi How to Succeed in Business Without Really Tryingning milliy gastrol ishlab chiqarishiga qoʻshiladi.

1964-yilda u „Gunsmoke“ filmida mehmon boʻlib, „Thede xola“ (S10E13) epizodida sevgan odamiga turmushga chiqmoqchi boʻlgan „Ivy Norton“ rolini oʻynaydi.

Shaxsiy hayoti



1965-yil 22-iyulda Cannon oʻzidan 33 yosh katta boʻlgan aktyor Cary Grantga turmushga chiqadi. Ularning bir qizi farzandi (ismi Jennifer; 1966-yil 26-fevralda tugʻilgan) bor, u ham aktrisa. Grant va Cannonlar 1967-yil avgustida ajralishadi.

1968-yil mart oyida Baroness Gratia von Furstenberg kompaniyasiga ketyotgan mahalda Grant boshqarayotgan avtomashinada avtohalokatga uchraydi va jarohat oladi. Toʻqqiz kundan keyin Cannon Grant bilan rasman ajrashadi.

Cannon 1985-yilda koʻchmas mulk investori Stenley Fimbergga turmushga chiqqa. Ular 1991-yilda ajrashishadi.

1972-yilda Cannon birlamchi terapiya bilan shugʻullanganligini maʼlum qiladi. U Los Angeles Lakersning muxlisi va oʻttiz yildan koʻproq vaqt davomida Lakers oʻyinlarida qatnashadi. U, shuningdek, tugʻilganidan beri masihiy diniga eʼtiqod qiladi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz