DYACHKOV IVAN NIKITICH



DYACHKOV IVAN NIKITICH (1905.23.8, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Voronej viloyati Ternovka tumani Novo-Troiskoe qishlog’i — 1985.18.8, Samarqand) — zootexnik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan zootexnik (1959), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1969) professor (1971). Moskva qo’ychilik institutini tamomlagan (1932). Samarqanddagi qorako’lchilik ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, laboratoriya va bo’lim mudiri (1935-60), institut direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1943-54 va 1970-75). Ilmiy ishlari qorako’lchilikda selektsiya va naslchilik masalalariga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofti laureati (1970).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz