Dy
Disproziy (Dysprosium, yun. disprositos — topilishi qiyin), Dy — Mendeleyev davriy sistemasi III guruhining lantanoidpar turkumiga mansub element; tartib rakami 66, atom massasi 162,50. Disproziyning 7 ta barqaror izotopi maʼlum: l56Dy, 158Dy, 160Dy, l("Dy, 162Dy, 163Dy va 164Dy. Radioaktiv izotoplari sunʼiy yoʻl bilan olingan. Disproziy — och kul-rang metall. Zichligi 8,56 g/sm3. Birikmalarda uch valentli. Oddiy sharoitda havo kislorodi taʼsirida sekin, qizdirilganda (100° dan yuqori haroratda) tez oksidlanadi. Mineral kislotalar (HF dan tashqari) bilan oʻzaro re-aksiyaga kirishib, Dy(III) tuzlarini hosil qiladi. Ishqoriy eritmalar taʼsiriga chidamli. Azot, vodorod, xlor, brom va yod bilan qizdirilganda shiddatli reaksiyaga kirishadi.
Disproziy oksid Dy2O, — rangeiz kristall modda. Monoklin f- Dy2O3) va kubik (a- Dy2O3) panjarali modifikatsiyalari maʼlum. Zichligi 8,16 g/sm3, a-Dy2O3 2070° da r- Dy2O3 ga aylanadi. Suyuqlanish temperaturasi 2400°. Dy2(C2O4)3, Dy(NO3)3 va b. ni 800—1000° da parchalash usuli bilan olinadi.
Disproziy xlorid DyCl3 — rangeiz kristall modda. Monoklin panjarali. Su-yuklanish temperaturasi 654°, qaynash temperaturasi 1627°; zichligi 3,617 g/sm3; suvda yaxshi eriydi. 200° dan yuqori temperaturada Dy2(C2O4)3 ga xlor va tetraxlormetan aralashmasini taʼsir ettirib, shuningdek, Disproziyni xlorlab olinadi.
Disproziy ftorid DyF3 — ortorombik panjarali rangeiz kristallar, zichligi 7,466 g/sm3; 1030° da geksagonal modifikatsiyam aylanadi. Suyuqdanish temperaturasi 1157°, qaynash temperaturasi 2200° dan yuqori. Suvda erimaydi. Disproziy birikmalariga ftorid kislota, Disproziy ga ftor taʼsir ettirib olinadi. Disproziy DyCl3 yoki DyF, ni kalsiy, natriy yoki litiy bilan kaytarib olinadi. Disproziy nurlangan moddalarni neytron radiografik tekshirishda, DyJ, koʻcha va stadionlarni yori-tuvchi chiroqlar i. ch. da, DyO, qizil rangda shuʼlalanuvchi lyuminoforlar komponenti sifatida va maxsus shi-shalar olishda qoʻllaniladi. Disproziyni 1886-yilda fransuz kimyogari Disproziy Disproziy Lekok de Buabodran kashf etgan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org