Dvoryanlik




Dvoryanlar , dvoryanlik — oʻrta asr jamiyatida imtiyozlari merosiy boʻlib qonun bilan mustahkamlangan oliy tabaqalardan biri (ruhoniylar bilan birga). Xususiy yer egaligi — D.ning iqtisodiy va siyosiy taʼsirining asosini tashkil etgan. Gʻarbiy Yevropada D. qad. aristokratlar avlodidan, qirol saroyidagi mansabdor shaxslar, ritsarlardan shakllana borgan va absolyutizm (mutlaq hokimiyatlik) davrida vujudga kelgan. D. oliy va quyi tabaqaga boʻlingan, bu esa ularning unvonida oʻz ifodasini topgan (Angliyada baron va ritsarlar, Ispaniyada grandlar va idalgolar, Polshada magnatlar va shlyaxtalar va b.) Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida tabaqaviy jamiyat tugatilgandan soʻng D. oʻzining koʻpgina imtiyozlari va siyosiy taʼsirini saklab qolgan. Rossiyada 12—13-asrlarda harbiy-xizmatchilar tabaqasining eng quyi qismi sifatida vujudga kelgan. 14-asrdan D. xizmatlari evaziga yer olishgan (qarang Pomeshchiklar). Petr I davrida D.ning shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. D.ning safiga davlat xizmatidagi mansab pogʻonasidan koʻtarilishiga qarab, boshqa tabaqa vakillari ham kelib qoʻshilgan. 1762-yilda D. Petr I tomonidan joriy etilgan majburiy harbiy va fuqarolik davlat xizmatlaridan ozod boʻlishga erishishgan; D. jismoniy jazoga tortilmagan, yollanma harbiy xizmat majburiyati va shaxsiy soliqlardan ozod etilgan. Yekaterina II tomonidan berilgan inoyatnoma (1785) (rus D.ining erkin va ustu-vorliklari) D.ning shaxsiy imtiyozlariga keng yoʻl ochib bergan, dvoryan oʻz-oʻzini boshqaruv tizimini joriy etgan. D. tabaqa sifatida Okt. toʻntarishidan soʻng tugatilgan.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz