DVORJAK (DVORAK) ANTONIN
DVORJAK (DVORAK) ANTONIN (1841.8.9, Praga yaqinidagi Nelagozeves qishlog’i — 1904.1.5, Praga) — Chex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya fan va san’at akademiyasining a’zosi (1890), Praga konservatoriyasining professor (1891) va direktori (1901 yildan). Nyu-Yorkdagi milliy konservatoriya direktori (1892-95). Dvorjak merosida 10 opera (1870-1903), 9 simfoniya (1865— 93), simfonik poemalar, bir nechta kamer va xor asarlari mavjud. Vokalsimfonik ijodida “Avliyo Lyudmila” oratoriyasi (1886), “Madhiya” kantatasi (1873) alohida o’rin tutadi. “Yangi dunyodan” nomli 9-simfoniyasi (1893) da Dvorjak Yevropa simfonizm” an’analarini yangi — Chex va Amerika xalqlari kuy va usullari bilan boyitdi. Dvorjak ijodi Chex mumtoz kompozitorlik ijodiyotining eng yuqori cho’qqisidir. Yorqin milliy ruh bilan sug’orilgan, xilma-xil kuy va ritmlarga boy Dvorjak musiqasi o’zining hayotbaxshligi, romantik jo’shqinligi bilan ajralib turadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz