Dvorjak Antonin




Antonín Dvořák (talaffuzi: Antonin Dvorjak; 1841.8.9, Praga yaqinidagi Nelagozeves qishlogʻi — 1904.1.5, Praga) — chex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya fan va sanʼat akademiyasining aʼzosi (1890), Praga konservatoriyasining professor (1891) va direktori (1901-yildan). Nyu-Yorkdagi milliy konservatoriya direktori (1892—95). D. merosida 10 opera (1870—1903), 9 simfoniya (1865— 93), simfonik poemalar, bir nechta kamer va xor asarlari mavjud. Vokalsimfonik ijodida "Avliyo Lyudmila" oratoriyasi (1886), "Madhiya" kantatasi (1873) alohida oʻrin tutadi. "Yangi dunyodan" nomli 9-simfoniyasi (1893)da D. Yevropa simfonizm" anʼanalarini yangi — chex va Amerika xalqlari kuy va usullari bilan boyitdi. D. ijodi chex mumtoz kompozitorlik ijodiyotining eng yuqori choʻqqisidir. Yorqin milliy ruh bilan sugʻorilgan, xilma-xil kuy va ritmlarga boy D. musiqasi oʻzining hayotbaxshligi, romantik joʻshqinligi bilan ajralib turadi.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz