DVIGATEL-GENERATOR – bir-biriga mexanik tarzda bog’langan va biri dvigatel, ikkinchisi generator sifatida ishlaydigan elektr mashinalardan iborat agregat. Dvigatel-generator o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish yoki fazalar sonini, tok chastotasini, kuchlanishni o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Iste’molchining extiyojiga qarab, Dvigatel-generator har xil parametrli bo’lishi mumkin (masalan, elektr payvandda — kuchli tok, aviatsiyada — yuqori chastota, quruqlik yoki suv transportida — o’zgarmas tok va hokazolar). Yarimo’tkazgichli o’zgartirgichlarning taraqqiy etishi munosabati bilan Dvigatel-generatordan kam foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish