DVIGATEL LITRAJI
DVIGATEL LITRAJI – porshenli ichki yonuv dvigatelinnt ish hajmi yig’indisi. Masalan, bitta tsilindrning ish hajmi porshen yuzining tsilindrdagi porshen yo’liga ko’paytmasiga teng. Dvigatel litraji dm3 (litr) da ifodalanadi. Dvigatelning quvvati va o’lchamlarini bildiradi (masalan, mikrolitrajli, kichik litrajli dvigatel va boshqalar). Tsilindrlari litraji kichik bo’lgan dvigatellar (masalan, motosikl dvigatellari) litraji, ko’pincha, sm3 larda ifodalanadi. Masalan, Asaka avtomobil zavodila ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun Dvigatel litraji quyidagicha: “Tiko” (uch tsilindrli) — 796 sm3, “Neksiya” (to’rt tsilindrli) — 1488 sm3, “Damas” (uch tsilindrli) — 796 sm3. Avtomobil, samolyot, motosikl, sport qayiqlari poygalarida ular Dvigatel litraji bo’yicha sinflarga bo’linadi va sinf-sinf bo’lib poygada qatnashadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz