DUYUNOVA VERA ILLARIONOVNA



DUYUNOVA VERA ILLARIONOVNA (1945.11.4, Krasnodar) — voleybolchi, ikki karra Olimpiada chempioni. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi (1995), xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1968). ToshDU jurnalistika fakultetini tugatgan (1975). 1965-78 yillarda “Avtomobilist” (Toshkent) voleybol jamoasi hamda O’zbekiston voleybol terma jamoasi o’yinchisi. Olimpiada o’yinlarida 2 marta oltin medal bilan taqdirlangan (1968, Mexiko; 1972, Myunxen). Jahon chempioni (1970, Bolgariya), Jahon kubogining (Urugvay) va Butunjahon universiadasining g’olibi (Moskva, 1973). Jahon Birinchiligining kumush medal sovrindori (Meksika, 1974). 1982 yildan Toshkentdagi 6-bolalar va o’smirlar Olimpiya o’rinbosarlari sport maktabi direktori. I-darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz