Duysenova Tamara Bosimbekovna
Tamara Bosimbekovna Duysenova (qozoqcha: Тамара Босымбекқызы Дүйсенова, 1965-yili 11-yanvarda Janubiy Qozogʻiston viloyatida tugʻilgan) – Qozoqston davlat arbobi. U Qozogʻiston Bosh vaziri oʻrinbosari (2023-yildan), Qozogʻiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri (2013-2014, 2017-2018, 2022-yildan boshlab), Qozogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri (2014-2017), iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.
Biografiyasi
Duysenova Tamara Bosimbekovna 1965-yili 11-yanvarda Janubiy Qozogʻiston viloyatida tavallud topgan. Otasining ismi Qosim boʻlgan, lekin rasmiy hujjatlarda Bosimbekovna deb yozilgan. Tamara tugʻilgan qishloqda otasining kelini kotib boʻlib ishlab, u oiladagi farzandlarning otasi ismini yozgan (qozoq urf-odatalariga koʻra, kelin erining akasining ismini aytib chaqirmaydi).
Tamara Duysenova 1987-yili Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1988-yili kolledjni tamomlagandan soʻng, Janubiy Qozogʻiston viloyatining Sariogʻash tumanidagi oʻrta maktabning informatika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1988—1992-yillarda Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi qoshidagi Iqtisodiyot va standartlar ilmiy-tadqiqot institutida iqtisodchi boʻlib ishlagan.
1992—1993-yillarda Sariogʻosh tumani hokimligida katta iqtisodchi, 1993—1994-yillarda „Perizat-xolding“da boʻlim boshligʻi, 1994—1997-yillarda Sariogʻash tumani hokimining maslahatchisi, oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari, 1997—1999-yillarda Chimkent shahari hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1999—2002-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari;
2002—2006-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari;
2006—2008-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari;
2008—2013-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mas’ul kotibi;
2013-yili fevralda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari;
2013-yili 10-iyunda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi;
2013-yil 27-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri;
2014-yilning 6-avgustida Qozogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri;
2017-yili 25-yanvardan boshlab, 2018-yilning 9-fevraligacha Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri ;
2018-yili 22-fevraldan boshlab, 2019-yilning 9-iyuliga qadar "Nur Otan" partiyasining kotibi ;
2019-yili 15-iyuldan 2020-yil 5-maygacha „Inson resurslarini rivojlantirish markazi“ AJning rahbari;
2020-yili 5-maydan boshlab, 2022-yilning 11-apreligacha Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining murojaatlarni koʻrib chiqish monitoringi boʻlimi mudiri;
2022-yili 11-apreldan Qozogʻiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri ;
2023-yil 8-iyundan boshlab Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlanadi .
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org