DUYSBURG
DUYSBURG — Germaniyadagi shahar, Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida. Reyn daryosining o’ng sohilida, Reyn-Xerne kanali boshlanishida joylashgan. Aholisi 523,3 ming kishi (1998). Germaniyadagi eng katta Daryo portlaridan, dengiz kemalari ham kira oladi (yiliga 1 million tonnadan ziyod yuk ortiladi va tushiriladi). Temir yo’l tuguni, Rur havzasining g’arbiy “darvozasi”, asosiy sanoat markazlaridan biri. Metallsozlik, po’lat konstruktsiyalar ishlab chiqarish, mashinasozlik, daryo kemasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, shahar atrofida toshko’mir konlari bor. Duysburg porti orqali chetga ko’mir, koks, metallar, mashinalar chiqariladi; chetdan ruda, neft, yog’ochtaxta, g’alla keltiriladi. Daryo kemasozligi va metall payvandlash institutlari bor. Shahar 13-asrdan ma’lum. DUK, yik — momiq paxta yoki pilladan ip yigirish va pishitish moslamasi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz