DUYAK



DUYAK (fors— ikki-bir) — qadimgi nog’ora-doira usullaridan. Doirai Duyak deb ham ataladi. Ikki qiska va bir uzun bo’g’inli “baka-bum” usuliga muvofiq keladi. Bu usul tuzilishining oddiyligi, ko’tarinki, shodiyona kayfiyat uyg’otishi bilan ta’riflanadi. Shu sababli nog’ora bazmlari qadimdan Duyak usuli bilan boshlangan. Xalq qo’shiqlarining jo’rlik usuli sifatida ham keng qo’llaniladi, maqomlarda Saraxbor usuliga yaqin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz