Duxiyev daromad uyi




Duxiyev daromad uyi — Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Rossiyaning aniqlangan madaniy meros obyekti va Shimoliy Osetiyaning madaniy merosi. U shaharning tarixiy markazida, Tamayev koʻchasi, 21-uyda joylashgan.

Ikki qavatli Art Nouveau — modern uslubida barpo qilingan bino 1912-yilda shahar meʼmori E. I. Deskubes loyihasi asosida qurilgan. Xonadonlar oʻrta daromadli fuqarolarga ijaraga berishga moʻljallangan edi. Ularda minimal kommunal qulayliklar mavjud edi. Hojatxonalar hovlida joylashgan boʻlib, u quduq koʻrinishida boʻlgan.

Hozirda bino turar-joy hisoblanadi.

Meʼmorchiligi
Uyning rejasi keskin nishabli murakkab yerda ishlab chiqilgan. Meʼmor oʻsha paytdagi vaziyatdan unumli foydalanib, yertoʻlada qoʻshimcha turar-joylar yaratdi.

Binoning poydevori tabiiy toshdan yasalgan. Dastlab qizil tusli tosh bilan qoplab chiqilgan devorlar keyinchalik ohak bilan boʻyalgan. Fasad devorlarida Art Nouveau — modern uslubiga xos boʻlgan vertikal chiziqlar mavjud.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz