Duvr bo‘g‘ozi
Duvr boʻgʻozi (inglizcha: Strait of Dover) yoki
Pa-de-kale (fransuzcha: Pas de Calais) — Buyuk Britaniya oroli bilan Yevropaning materik qismi (Fransiya qirgʻoklari) orasidagi boʻgʻoz, Shimoliy dengiz tomonidan La-Mansh boʻgʻoziga kiraverishda. Antropogen davrida quruqlikning choʻkishidan vujudga kelgan. Eng kambar joyi (Duvr bilan Kale shaharlari orasida) 32 km, eng chuqur joyi 64 m. Yirik portlari: Duvr, Kale, Dyunkerk. Duvr — Kale, Duvr—Dyunkerk, Duvr—Bulon oʻrtasida parom qatnaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org