Duvier Riaskos




Duvier Orlando Riaskos Barahona (ispancha: Duvier Orlando Riascos Barahona 1986-yil 26-iyun, Buenaventura, Valle del Kauka) – kelib chiqishi kolumbiyalik boʻlgan futbolchi. Hujumchi sifatida Kolumbiya va AQSH klublarida toʻp surgan.

Futbol karyerasi




Riaskos asli Kolumbiyalik boʻlgan va Amerika futbol akademiyasida tahsil olgan futbolchi. 2005-yilda u Kolumbiya chempionatida ilk professional klubi safida debyut qiladi, oʻsha yili Riaskos professional klub safida debyut golini uradi. 2006-yilda u „Real Cartagena“ jamoasiga ijaraga oʻtadi, ammo olti oy ichida u Amerikaga qaytadi.

2008-yilda Duvier Venesuelaning „Estudiantes de Merida“ klubiga oʻtadi. 17-avgust kuni Araguaga qarshi kechgan bahsda u yangi klubi safida oʻzining dastlabki debyut golini uradi. Riaskos yangi klubiga mamlakat kubogi finaliga chiqishga yordam beradi, turnir davomida u 12 ta gol uradi va klubning eng yaxshi toʻpurari boʻladi. 2009-yilning yozida u ijara asosida vatani Kolumbiyaning „Deportivo Kali“ klubiga oʻtadi. Shu yili 13-iyul kuni Envigadoga qarshi kechgan bahsda Riaskos yangi jamoasida debyut qiladi. 26-iyul kuni „Deportivo Pereyra“ ga qarshi oʻyinda Riaskos klubi uchun oʻzining birinchi golini uradi.

2010-yil yanvar oyida Riaskos „Once Caldas“ klubiga oʻtadi, lekin oradan biroz vaqt oʻtgach klub yangi hujumchini darhol Xitoyning „Shanxay Shenxua“ klubiga ijaraga beriladi. 27-mart kuni Changsha Gindega qarshi bahsda u Xitoy Superligasida debyut qildi. Nanchang Bayga qarshi oʻyinda Riaskos oʻzining klub safidagi birinchi golini urdi. Birinchi mavsumidayoq u 28 uchrashuvda 20 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi toʻpurari va Superliganing eng yaxshi futbolchisi unvonini qoʻlga kiritdi.

2011-yilning yozida Raiskos Meksikaning „Puebla“ klubiga ijaraga beriladi. 24-iyul kuni Atlasga qarshi oʻyinda Raiskos Meksika Primerasida Luis Garsiyaning oʻrniga ikkinchi boʻlimda tushadi va debyut qiladi. 31-iyul kuni „Pachuka“ ga qarshi bahsda Riaskos oʻzining yangi jamoasi safida ilk golini urdi. Puebla bilan olti oy davomida u 16 oʻyinda ishtirok etadi va 6 gol uradi.

Ijara muddati tugagach, hujumchini chempionat debyutanti Tixuana klubi sotib oladi. 2012-yil 7-yanvarda Monarkas Moreliyaga qarshi oʻyinda Raiskos yangi jamoasida debyut qiladi. 5-fevral kuni oʻzining sobiq jamoasi Pueblaga qarshi oʻyinda Riaskos yangi Tixuana uchun birinchi golini uradi. Birinchi mavsumida Raiskos Meksika chempioni boʻladi. 2013-yil 15-may kuni Libertadores kubogi doirasida oʻz klubi bilan ishtirok etadi va kubokning 1/8 finalida boʻlib oʻtgan Braziliyaning "Palmeyras" klubiga qarshi javob oʻyinida Raiskos gol uradi va bu Tixuanaga musobaqaning 1/4 finaliga chiqish imkonini beradi.

2013-yilning yozida Duvier Pachukaga koʻchib oʻtadi. 21-iyul kuni „Toluka“ ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qiladi. 31-avgust kuni boʻlib oʻtgan Monarkas Moreliyaga qarshi oʻyinda Riaskos jamoasi Pachuka uchun birinchi golini uradi. 2014-yil boshida Riaskos Monarcas Morelia jamoasiga transfer qilinadi. 4-yanvar kuni „Keretaro“ga qarshi bahsda u „shaftolilar“ (Monarcas Morelia) safida debyut qiladi. Ammo ilk golini 18-yanvar kuni UANLga qarshi oʻyind uradi. Shuningdek oʻsha yili u klubiga Meksika Superkubogini yutishda katta yordam beradi.

2015-yil boshida Riaskos Braziliyaning „Kruzeyro“ klubiga transfer qilinadi. Keyinroq 24-may kuni Ponte Pretaga qarshi oʻyinda u Braziliya A seriyasida debyut qiladi. Jamoa oʻsha yilning yozida koʻproq oʻyin tajribasiga ega boʻlish uchun Riaskosni ijara asosida Vasko da Gamaga berib yuboradi. 31-may kuni „Atletiko Mineiro“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi. 20-iyun kuni Sport Resifega qarshi oʻyinda Riaskos Vasko da Gama uchun birinchi golini uradi. Mavsum oxirida klub asosiy ligadan chiqib ketdi, ammo Riaskos B seriyada Vasko klubida oʻynashda davom etadi va hatto klubga Karioka ligasida gʻalaba qozonishga ham yordam beradi. 2016-yilning yozida Riaskos Kruzeyroga qaytadi. 12-iyun kuni „Atletiko Mineiro“ga qarshi oʻyinda u „Kruzeyro“ safidagi oʻzining dastlabki golini uradi.

2017-yil boshida Riaskos vatani Kolumbiyaga qaytib, Millionarios bilan shartnoma imzoladi. 1-mart kuni „La-Equidad“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi. 12-mart kuni Kali shahridan Amerikaga qarshi oʻyinda Riaskos Millionarios uchun oʻzining debyut golini urdi.

Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari

Shaxsiy yutuqlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz