DUTOV ALEKSANDR ILICH



DUTOV ALEKSANDR ILICH (1879— 1921) — rus general-leytenanti (1919). 1917 yil sentabrdan Orenburg kazaklari atamani, 1917 yil noyabrda Orenburgdagi sho’rolar hokimiyatiga qarshi qurolli chiqishga rahbarlik qilgan. 1918-19 yillarda Orenburg armiyasi qo’mondoni. 1919 yil sentabrda Turkiston fronti (qo’mondon — M. V. Frunze) ko’shinlaridan yengilgach, Xitoyga qochgan va o’sha yerda o’ldirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz