Dutor




Dutor(forscha: دوتار) — Oʻrta Osiyo, Eron va Janubiy Osiyoda tarqalgan anʼanaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan „ikki tor“ (< دو du — „ikki“, تار tār — „tor“) deb tarjima qilinadi, biroq Hirot dutori oʻn torʼtta torli boʻladi. Dutor XV asr atroflarida paydo boʻlgan deya tahminlar mavjud. O‘zbek, tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O‘zbek dutori muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg‘ulardan ajralib turadi. Dutorning dutor-alt turi ham mavjud, dutor-kontrabas, dutor-bas kabi zamonaviy turlari ham mavjud.

Dutor yakkanavoz va jo‘rnavoz cholg‘u sozi bo‘lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo‘shzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy ,,Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari” nomli risolasi (XVI bobi)da uchratamiz. XVI – XVII asrlarda ,,Dutoriy” taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy dutor ijrochiligining o‘ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) dutorchilik maktablari orqali namoyon bo‘ladi.

Dutor-alt – anʼanaviy dutorni 1930-yillarda qayta ishlash natijasida paydo bo‘lgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yog‘och yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan o‘zbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano jo‘rligida ijro etilayot-gan asarlar o‘rin olgan. Mazkur dutor asosida (O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriga moslab) turli hajmdagi dutor xillari (dutor-bas, dutor-kontrabas) ishlandi. (Манба: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2000.) Jumladan, XX asrning 30-yillarning birinchi yarmida boshida musiqa cholg‘ulari yasash bo‘yicha nom qozongan Usta Usmon Zufarov (1892-1981) dutor va g‘ijjaklarning turdosh oilasini yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi va O‘zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg‘ulari milliy ansamblining rahbari, akademik Yunus Rajabiy usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas (katta dutor) turini yaratdi.

Etimologiyasi



Dutor so‘zi fors-tojikcha bo‘lib, du – ,,ikki”, tor – ,,cholg‘u asbobining chertib tebratiladigan maxsus ipi” so‘zlarining yaxlitlanishidan hosil bo‘lgan.

Yasalishi




Dutor tut, oʻrik, yongʻoq yogʻochlaridan yasaladi. Dutorning qorni oʻnga yaqin yupqa taxtakachni egib, bir-biriga yopishtirilib yasaladi. Buning ustidan qopqoq yopiladi va tayyor boʻlgan qorin dastaga ulanadi.

Torgir yoki tor ilgak dutorning ikki simini koʻtarib turadi. Dutorning dastasi ingichka uzun boʻladi. Boshqa torli asboblarda odatda metal pardalar boʻlsa, dutorda dastasiga oʻralgan 15 ga yaqin ipak parda boʻladi. Zamonaviy dutorlarning pardalari baʼzan yogʻoch yoki suyakdan yasaladi.

Dutor dastasi suyak, sadaf bilan bezaladi. Dutor torlari avvaliga ichakdan, keyin ipakdan tayyorlanar edi. Zamonaviy dutor torlari neylondan qilinadi.

Registri



Dutorda bir yarim oktava atrofidagi diatonik-xromatik gamma bor.

Chalish uslablari



Dutorni turli zarb bilan chalish mumkin. Yakka zarb, qoʻsh zarb, piripirak, rez kabi zarblar bilan chalinadi.


Oʻzbek xalq ijodida



Hyunjin

Dutor uchun xalq orasida maxsus kuylar yaratilgan. Bular safiga „Toʻrgʻay“, „Fargʻonacha“, „Tanovar“, „Munojot“, „Rohat“, „Jigarpora“, „Dilxiroj“, „Chertmak“, „Shafoat“, „Suvora“, „Qoʻshtor“ kuylarini kiritish mumkin.

Dutor qismlari



Dutor dasta, pardalar, bo‘g‘iz, qopqoq, pastki yon qovurg‘a, ustki yon qovurg‘a, ilgak, xarak, shayton xarak, quloq qismlaridan tashkil topadi. (Dutor qismlari tasvirlangan rasm qo‘yiladi).

Dutor zarblari



Dutor chalishda zarb juda katta ahamiyatga ega. Dutorni yaxshi bilish uchun zarb turlarini puxta o‘rganish lozim.

Dutor mashqlari turli-tuman va har xil ritmda bo‘lishiga qarab turli zarblar bilan ijro etilishi kerak bo‘ladi. Zarbni urganda dutordan chiroyli va yoqimli tovush chiqarish uchun panjalarni juda bo‘sh tashlash va zarbni eng yuqorigi avj pardaga yaqin, yaʼni dutorning bo‘g‘zi o‘rtasiga urish kerak bo‘ladi.  Dutor zarblari besh xil bo‘ladi. Bulardan ikkitasi katta zarb, ikkitasi kichik zarb, beshinchisi esa tanovar zarbi deb yuritiladi. Bulardan tanovar zarbi juda ko‘p kuylarda ishlatiladi. Bu zarb, asosan, ko‘rsatkich va bosh barmoq ishtirokida uriladi. (Илёсов А. Дутор ўрганиш китоби. – Т., 1966.)

Dutorda ijro etiladigan milliy kuylar



XX asrda Andijon dutorchilik maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Farg‘onada Qo‘zixon Madrahimov ijrosida ,,Nolish”, ,,Cho‘pon”, ,,Andijon Kurdi”, ,,Andijon sayqali”, ,,Tuya bo‘zloq”, ,,Qo‘shtor”; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, S. Yo‘ldoshevlar talqinida ,,Sharob 1, 2”, ,,Shafoat 1, 2, 3”, ,,Toshkent sayqali”, ,,Toshkent Kurdi”, ,,Rajabiy 1, 2”, ,,Kurash”, ,,Dutor Bayoti”, ,,Dutor Navosi”; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida ,,Guluzorim”, ,,Bebokcha”, ,,Bozurgoniy”, ,,Gullar vodiysi”; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltaev, Y. Jabborovlar ijrosida ,,Aliqambar”, ,,Saqili Navo” singari mumtoz kuylar ijro etilgan. 1970-yillardan yakka dutorda Shashmaqom cholg‘u va ashula yo‘llari ham ijro etila boshlandi. O‘zbek bastakorlaridan N. Hasanov ,,Gilos”, F. Sodiqov ,,Dutorim”, S. Yo‘ldoshev ,,Dil kuylasin”, ,,Tog‘ go‘zali”, O. Qosimov ,,Yangra sozim” kabi asarlarni dutor uchun yaratganlar; ,,Jigar pora” (majoziy – jigarband, farzand) – ommaviylashgan o‘zbek mumtoz cholg‘u kuyi ham dutor yoki tanburda ijro etiladi.( Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2000.)

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz