DUTOR (fors— ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholg’usi. O’zbek, tojik, uyg’ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O’zbek Dutori muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg’ulardan ajralib turadi. U asosan tut, o’rik yog’ochlaridan yasaladi. Cholg’uning kosaxonasi (rezonatori) 8-12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurg’a)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo’g’iz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13-17 ta parda bog’lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar o’yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qo’shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg’urlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda faqat o’yma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpog’istonda kosaxonasi qovurg’alik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, o’yma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va jo’rnavoz cholg’u sozi bo’lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo’shzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy “Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari” nomli risolasi (16-bobi) da uchratamiz. 16-17-asrlarda “Dutoriy” taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining o’ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon bo’ladi. 20-asrda Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip Dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Farg’onada Qo’zixon Madrahimov ijrosida “nolish”, “cho’pon”, “Andijon kurdi”, “Andijon sayqali”, “tuya Bo’zloq”, “Qo’shtor”; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, Z. Obidov, S. Yo’ldoshevlar talqinida “Sharob 1, 2”, “Shafoat 1, 2, 3″, Toshkent Sayqali”, “Toshkent Kurdi”, “Rajabiy 1, 2”, “Kurash”, “Dutor Bayoti”, “Dutor Navosi”; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida “Guluzorim”, “Bebokcha”, “Bozurgoniy”, “gullar vodiysi”; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida “Koradali”, “Aliqambar”, “Saqili Navo” singari mumtoz kuylarda o’z ifodasini topgan. 1970-yillardan yakka Dutorda Shashmaqom cholg’u va ashula yo’llari ham ijro etila boshlandi. O’zbek bastakorlaridan N. Hasanov “Gilos”, F. Sodiqov “Dutorim”, S. Yo’ldoshev “Dil kuylasin”, Z. Obidov “Tog’ go’zali”, O. Qosimov “Yangra sozim” kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar; 2) dutor-Alt — an’anaviy Dutorni 1930-yillarda qayta ishlash natijasida paydo bo’lgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari) dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yog’och yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan o’zbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano jo’rligida ijro etilayotgan asarlar o’rin olgan. Mazkur Dutor asosida (O’zbek xalq cholg’ulari orkestriga moslab) turli hajmdagi Dutor xillari (Dutor— bas, Dutor— kontrabas) ishlandi. Jasur Rasultoyev, Abdurahim Hamidov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
DUTOR — bu ko‘proq transport va logistika sohasida ishlatiladigan atama bo‘lib, u "tugallanish uchun vaqt" yoki "etkazib berish uchun vaqt" degan ma'nolarni anglatadi. Ingliz tilida bu atama "Due Time" yoki "Delivery Time" sifatida tarjima qilinadi.
DUTOR ko‘pincha yuk tashish, buyurtmalarni bajarish, ishlab chiqarish jarayonlari va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladi. Masalan, agar biror buyurtmaning duto‘ri 3 kun deb belgilangan bo‘lsa, bu shuni anglatadiki, buyurtma berilgandan so‘ng uni mijozga yetkazib berish uchun maksimal uch kun vaqt ajratilgan.
DUTORning aniq hisob-kitobi va nazorati tijorat jarayonlarini samarali tashkil etish, mijozlar bilan ishlash sifatini oshirish va xizmat ko‘rsatishni vaqtida bajarish uchun juda muhim hisoblanadi. Odatda, duto‘rni yomon bajarish yoki kechiktirish kompaniya obro‘siga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Umuman olganda, duto‘r — bu belgilangan ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan maksimal vaqt chegarasi bo‘lib, uning to‘g‘ri boshqarilishi biznes jarayonlarini optimal darajada ishlashini ta’minlaydi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish