DUSTLAR



DUSTLAR (inglizcha dust — chang) — kukun shaklidagi pestisidlar. Ekinlarga tushgan zararkunandalar, begona o’tlarga qarshi sepiladi, urug’larni upalashda ishlatiladi. Insektisid, fungisid, akarisid yoki gerbitsidning inert to’ldirgich bilan oddiy aralashmasidan iborat. To’ldirgich sifatida talk, pirofilit, bo’r, kaolin, trepel, silikagel va har xil tarkibli tuproqdan foydalaniladi. Ko’pincha pirofilit va talk qo’shiladi, chunki ular o’simlikka yaxshi yopishadi. Dustlar changining uchib ketishini kamaytirish uchun 3-5% li mineral moy aralashtiriladi. Sug’orma dehqonchilik mintaqalarida kemiruvchi zararkunandalar (kuzgi tunlam, simqurtlar va boshqalar), o’rgimchakkanaga qarshi (oltingugurt kukuni) kurashda yaxshi natija beradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz