Dushan Svento
Dusan Shvento (slovyan. Dushan Svento) 1985-yil 1-avgustda Chexoslovakiyaning Ruzomberok shahrida tugʻilgan. Slovakiyalik futbolchi yarim himoyachi vazifasini bajaradi. U Slovakiya terma jamoasida oʻynagan. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati
Shvento oʻz shahri „Rujomberok“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2003-yilda u asosiy jamoada debyut qildi va ikki mavsumdan soʻng Chexiya „Slaviya“ klubidan taklifni qabul qildi. Yangi klub tarkibida u ikki marta Gambrinus Liga gʻolibi boʻldi va 2006-yilda Chexiya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topildi. 2007-yilda Shvento Angliyaning „Derbi Kaunti“ klubida sinovdan oʻtgan edi, biroq tizzasidagi jarohat transferga toʻsqinlik qildi va Dushan „Slaviya“ga qaytdi.
2009-yil 16-iyunda Svento Avstriyaning „Red Bull“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 2 million yevroni tashkil qildi. 19-iyul kuni u Avstriya Bundesligasida „FC Avstriya“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 8-avgust kuni „Mattersburg“ga qarshi duelda Shvento yangi klubi safida ilk golini urdi. „Red Bull“ bilan u ikki marta Avstriya chempionligi va kubogini qoʻlga kiritdi.
2014-yilning yozida Shvento Germaniyaning „Kyoln“ klubiga koʻchib oʻtdi. 18-oktabr kuni Dortmundning „Borussiya“ klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi. 2015-yilning 12-dekabrida „Verder“ga qarshi kechgan duelda Dusan „Kyoln“ safida ilk golini urdi.
2016-yilning yozida Shvento Praganing „Slaviya“ klubiga qaytib, ikki yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilda u klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi.
Xalqaro faoliyati
Shvento mamlakat yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2006-yil 15-avgustda Maltaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Dushan Slovakiya terma jamoasida debyut qildi.
2006-yil 7-oktabrda Uelsga qarshi 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida u milliy terma jamoadagi ilk golini urdi.
2016-yilda Shvento terma jamoa tarkibida Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Uels, Rossiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Slovakiya jamoasidagi gollar
Manbalar
uz.wikipedia.org