Dusen




Dusen (Malus pumila var. praecox) — past boʻyli olma daraxtining bir turi, qalamcha va parhish bilan koʻpaytiriladi. Bal. 5–6 m ga boradi. Nim pakana payvandtag sifatida koʻp ishlatiladi. Barcha navlariga mos keladi. D.ning EM-II, EM-III, EM-IV, EM-V payvandtag tiplari keng tarqalgan. D.ga pay-vand qilingan daraxtlarning boʻyi 5– 7 m, ildiz tarmogʻi birmuncha yuza joylashadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—4-yili hosil beradi. 30—40 yil yashaydi. Qurgʻoqchilikka, shamolga chidamli.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz