DURUN
DURUN — o’rta asrlarga oid shahar xarobasi. Janubiy Turkmanistonning Baharden temir yo’l stantsiyasidan 5 kilometr sharqda. Mustahkam arkqal’a, Shahriston va raboddan iborat bo’lgan. Arkqal’a to’rtburchak shaklida, maydoni 120×50 metr, balndligi 11 — 12 metr. Shahristonning mudofaa devorlari Janub va G’arb tomondan arkka tutashgan. Shahar atrofi ochiq. Durun 15-asr manbalarida tilga olinadi. Eng qadimgi yodgorliklari 9-asrga oid. Shaharning gullagan davri 14-asrga to’g’ri keladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz