Dursadaf Kerimova




Dursadaf Muxtor qizi Kerimova (azerb ozarbayjoncha: Dursədəf Muxtar qızı Kərimova, 1985-yil 23-avgust, Boku) - ozarbayjonlik paradzyudochi, Tokio—2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi, koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi 2019-yilgi Yevropa chempionati kumush medali sovrindori, koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi 2022-yilgi Yevropa chempionati bronza medali sovrindori sanaladi.

Tarjimai hol



Dursadaf Kerimova 1985-yil 23-avgustda Boku shahrida tugʻilgan. 2000-yilda Boku shahridagi 115-sonli oʻrta maktabni tamomlab, oʻsha yilning oʻzidayoq Tbilisida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda kumush medalni qoʻlga kiritadi.

2007-yilda Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasini bitirgan. Xuddi shu yili u Kaunasdagi turnirda ikkinchi oʻrinni egallaydi.

2008-yilning mart oyida 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi dzyudo boʻyicha Ozarbayjon chempionatida gʻolib chiqadi. Joriy yilning oktyabr oyida u Jahon kubogida 7-oʻrinni egalladi. Mazkur yili Italiyada oʻtkazilgan  “Super A” xalqaro turnirida birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Haydar Aliyev nomidagi xalqaro Gran-pri turnirida birinchi oʻrinni egallaydi.

2013-yilda Dursadaf Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasining magistraturaga oʻqishga kiradi. 2013-yil noyabr oyida Kerimova Ozarbayjon chempionatida 70 kg gacha vazn toifasida uchinchi oʻringa oladi.

2014-yilning 1-noyabr sanasidan Boku shahridagi 11-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy-oʻqituvchi lavozimida ish boshlaydi.

2019-yilda Kerimova koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritadi, shuningdek, Ozarbayjon aralash jamoasi tarkibida Yevropa chempioni boʻladi. Aynan shu yili Toshkentdagi Gran-prida bronza medaliga sazovor boʻladi.

2021-yili Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlarida Dursadaf Kerimova chorak finalda ukrainalik Anastasiya Garnikni, yarim finalda braziliyalik Meg Emmerix ustidan gʻalaba qozonadi. Finalda u qozogʻistonlik Zarina Baybatinani magʻlub etib, debyut Paralimpiya oʻyinlarining oltin medalini olishga muvaffaq boʻladi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 6-sentabrdagi farmoni bilan Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erishgan yuksak yutuqlari va Ozarbayjon sportining rivojlanishiga qoʻshgan xizmatlari uchun Dursadaf Kerimova “1-darajali Vatanga xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

2022-yilda Kalyarida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida Kerimova bronza medaliga sazovor boʻladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz