DURRONIYLAR
DURRONIYLAR — afg’onlarning yirik qabilalar uyushmasi. Umumiy soni 3 milliondan ortiq (1996). Afg’onistonning Janubiy-g’arbiy qismida, shuningdek, mamlakatning yirik shaharlarida, qisman Pokistonda yashaydilar. Pushtu tilida gaplashadi. Islomning sunna mazhabiga e’tiqod qiladi. Durroniylar ilgari abdallar deb nomlangan. Afg’on davlatining asoschisi Ahmadshox tomonidan Durroniy deb o’zgartirilgan (1747). Durroniylar zirak va panjpo tarmoqlariga bo’linadi. Zirak papalzoi, alkozoi, barakzoi va atsakzoi kabilalari, panjpo nurzoi, alizoi, Ishoqzoi qabilalaridan iborat. Dehqonchilik, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanadilar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz