Durres
Durres (Andoza:Lang-alb),
Дирра́хий (grekcha: Δυρράχιο),
Драч (bulgʻ., serb. Драч),
Дура́ццо (italyancha: Durazzo) — Albaniya gʻarbidagi shahar. Adriatika dengizining Durres qoʻltigʻi boʻyida. Durres retining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. Mamlakatning eng katta porti. Shosse va temir yoʻllar tuguni. Kemasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat, tamaki, koʻn, rezina sanoati korxonalari, shahar chetida kurortlar bor. Yirik baliq ovlash bazasi. Iqlimi yumshoq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5°, iyulniki 25°, yillik yogʻin 1100–1800 mm. Shaharga mil. av. 7-asrda asos solingan. Antik shahar qoldiqlari saqlangan. Turizm rivojlangan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org