DURRES



DURRES — Albaniya g’arbidagi shahar. Adriatika dengizining Durres qo’ltig’i bo’yida. Durres retining ma’muriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. Mamlakatning eng katta porti. Shosse va temir yo’llar tuguni. Kemasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat, tamaki, ko’n, rezina sanoati korxonalari, shahar chetida kurortlar bor. Yirik baliq ovlash bazasi. Iqlimi yumshoq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 5°, iyulniki 25°, yillik yog’in 1100-1800 millimetr. Shaharga miloddan avvalgi 7-asrda asos solingan. Antik shahar qoldiqlari saqlangan. Turizm rivojlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz