DURMUSOG’LU EFIMOS XURMUZOS
DURMUSOG’LU EFIMOS XURMUZOS (1917.7.11, Gretsiya – 1976.31.12, Toshkent) — kino reissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1975). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1955). “O’zbekfilm”da (1956-65), O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida (1965-76) rejissyor. Filmlari: “Vatanim, seni o’ylab”, “Cho’l haqida qissa”, “Quyoshli O’zbekiston”, “Vengriyadagi uchrashuvlar”, “O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi” va boshqalar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz