DURGAPUR



DURGAPUR — Hindiston shimoli- sharqidagi shahar, Damodar daryosi bo’yida, G’arbiy Bengaliya shtatida. Aholisi 426 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Muhim transport yo’llari tuguni. Hindistondagi eng yirik ko’mir-metallurgiya rayonining markazi. Metallurgiya kombinati, og’ir mashinasozlik, kimyo va maxsus po’lat tayyorlash zavodlari bor. Durgapur yaqinida Damodar gidroenergo sistemasining yirik to’g’oni qurilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz