DURDIYEV OTA
DURDIYEV OTA (1910.1.1, Keshi qishlog’i — 1981.5.11, Ashxobod) — turkman aktyori. Turkmaniston xalq artisti (1955). Turkman teatr san’atining asoschilaridan. 1929 yildan Mullanapasov nomidagi Turkman drama teatrida ishlagan. Hajviy va xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari individual xususiyatlarning yorqinligi, satirik o’tkirligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Boboxon (“Tohir va Zuhra”), Abu Sardor (“Kaymir-ko’r”), Murodov (“Cho’pon o’g’li”), Xorazm xoni (“Mahtumquli”), Kent (“Qirol Lir”), Ota (“Allanning oilasi”) va boshqalar. “Dursun”, “cho’ponning o’g’li”, “maxsus topshiriq” kabi filmlarda suratga tushgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz