DURDI QILICH



DURDI QILICH (1886 – Toshhovuz viloyati Taxta tumani Xojaqumbat qishlog’i — 1950.14.12) — Turkmaniston xalq shoiri (1946), baxshisi va xalq og’zaki ijodining bilimdoni. Bolaligidan ko’zi ojiz bo’lgan. Baxshilardan Doston aytishni o’rgangan. Ijodi 1916 yildan boshlangan. 20-30-yillarda yozgan she’rlarida Turkmanistonning o’tmishi, qishloq mehnatkashlarining hayoti (“Eshakli”, “Chig’ir” va boshqalar), turkman ayollarining haq-huquqini himoya qilish masalalari o’z ifodasini topgan (“Tumorli”). “Xalqim”, “Xalqlar do’stligi” she’rlari 30-yillardagi turkman she’riyatining yuksak namunalaridan. 2-jahon urushi yillarida jangovar ruxda qo’shiqlar yaratib, kishilarni g’alabaga ruhlantirgan. She’r va qo’shiqlari, turkman va qoraqalpoq xalqlari o’rtasida keng tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz