DURDA
DURDA — 1) sariyog’ eritilganda hosil bo’ladigan quyqa jizza; 2) sariyog’ga qatiq qo’shib tayyorlanadigan tamaddi; sariyog’ni past olovda qizdirib, unga qatiq va tuz solib qaynatiladi. Tayyor bo’lgach, durdaning ustki qismi tilla rangda qumoq-qumoq bo’lib qoladi, tagida esa jigarrang jizza hosil bo’ladi. Durda nordonroq, yoqimli va mazali bo’lib, nonga qo’shib iste’mol qilinadi, ba’zida taomlarga ham qo’shiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz