Durbek Ahmedov




Durbek Qudratillayevich Ahmedov (tug'. 1963-yil 19-noyabr, Toshkent, O'zbekiston SSR, SSSR) - Toshkent davlat iqtisodiy universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi o'zbek professori. 2017-yil 27-iyuldan boshlab O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati.

Biografiyasi



Durbek Ahmedov 1963-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1984-yilda Toshkent Xalq xo'jaligi institutini (kunduzgi), xalq xo'jaligini rejalashtirish ixtisosligi bo'yicha tugatgan.

1984-1984-yillar - Toshkent Xalq xo'jaligi instituti Xalq xo'jaligini rejalashtirish kafedrasi assistenti.

1984-1986-yillar - Harbiy xizmat.

1986-1986-yillar - Toshkent Xalq xo'jaligi instituti Xalq xo'jaligini rejalashtirish kafedrasi assistenti.

1986-1989-yillar - Toshkent Xalq xo'jaligi instituti aspiranti.

1989-1990-yillar - Toshkent Xalq xo'jaligi instituti Xalq xo'jaligini rejalashtirish kafedrasi assistenti.

1990-1993-yillar - Toshkent Xalq xo'jaligi instituti Xalq xo'jaligini rejalashtirish kafedrasi dotsenti.

1993-1994-yillar - Toshkent Xalq xo'jaligi instituti doktoranti.

1994-2001-yillar - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar bo'yicha prorektori.

2001-2003 - O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi direktori.

2003-2006 - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo'yicha prorektori.

2006—2013 - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi professori.

2013—2017 - Toshkent davlat iqtisodiy universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi professori.

2017-yil - hozirgi kungacha - Toshkent davlat iqtisodiy universiteti qoshidagi "O'zbekiston iqtisodiyotining ilmiy asoslari va rivojlanish muammolari" ilmiy-tadqiqot markazining direktori. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz