Durazno bo'limi
Durazno (ispancha talaffuzi: [duˈɾahno]) — Urugvay departamenti . Poytaxti — Durazno . Uning nomi ispanchada " shaftoli " degan maʼnoni anglatadi. Poytahti mamlakat markazida joylashgan. Shimoldan Rio Negro hamda janubdan Rio Yi bilan chegaralangan. Uning shimolida Rio Negro va Tacuarembo departamentlari, janubi-sharqida Treintay Tres departamentlari va janub qismida Flores va Florida departamentlari, sharq qismida esa Serro Largo departamentlari oʻrin olgan.
Tarixi
1827-yilda, bu hudud Portugaliya hukmronligi ostida boʻlganida. Portugaliyaliklar oʻzlarining ittifoqchisi general Fruktuozo Riveradan Rio-Yi qirgʻogʻidagi Paso del Durazno hududida otliq va artilleriya harbiy boʻlinmasini yaratishni soʻradilar. Buning uchun Braziliya regenti sharafiga San Pedro del Durazno shahri tashkil etilgan. 1828-yilda „Entre Ríos Yí y Negro“ kafedrasi tashkil etildi. Tez orada Durazno deb nomlandi. 1830-yilda Urugvayning Birinchi Konstitutsiyasini imzolanganda, Durazno respublikaning toʻqqizta asl boʻlimlaridan biri boʻlgan.
2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Durazno departamenti aholisi 57,088 nafar(28,216 erkak va 28,872 ayol) va 23,023 xonadondan iborat edi.
2010-yilda Florida departamenti uchun demografik maʼlumotlar:
2010 Maʼlumotlar manbai:
Qishloq aholisi 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Durazno departamentida qishloq aholisi 4,951 kishidan iborat boʻlgan.
Iqtisodiyoti
Durazno iqtisodiyoti koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligi va agroturizmga bogʻliq. Shuning uchun qoʻy va qoramollarni sut va goʻsht uchun yetishtirish katta ahamiyatga ega. Durazno qishliq hojaligi boʻlimdagi koʻplab yer egalari korxonalarini birlashtiradi.
1930-yillarda Gabriel Terra hukumati departamentda gidroenergetikani sezilarli darajada rivojlantirishni amalga oshira oldi.
Xaritasi
Belgilangan mahalliy shaxslar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org