Dura-Yevropos




Dura-yevropos — Furot daryosining oʻrta oqimi boʻyida joylashgan qad. shahar harobasi (mil. av. 300 — mil. 256-yil). Podshoh Salavk I tomonidan bunyod etilgan. Mil. av. 2-asrning 2-yarmidan Parfiya podsholigi, mil. 165-yildan Rim imperiyasi tarkibida. 256-yil Eron bilan boʻlgan urushdan keyin sosoniylar qoʻshini tomonidan vayron qilingan. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy tarixiga oid papirus va pergamentga bitilgan bizgacha saqlanib qolgan koʻpgina hujjatlar, salavkiylar davridan qalʼa, agora (xalq majlisi oʻtka-ziladigan maydon), ibodatxonalar qoldiklari, parfyanlar davridan esa saroy, devoriy naqsh solingan koʻplab ibodatxonalar harobalari, Rim davridan boʻlsa istehkomlar, termalar (hammomlar), cherkov, sinagoga va Mitra ibodatxonasi harobalari saqlangan. D.-Ye. Suriya bilan Eron oʻrtasidagi karvon savdosining yirik markazi hamda mamlakat chegarasidagi muhim qalʼa vazi-fasini oʻtagan.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz