Durang natija




Durang natija  — musobaqa boʻlib oʻtgan deb hisoblangan, biroq gʻolib aniqlanmagan sport turniri yoki sport oʻyinidagi natija. Durang natija shartlari sport qoidalari asosida belgilanadi va maʼlum bir turnir qoidalari bilan toʻldirilishi mumkin. Sport qoidalariga koʻra mumkin boʻlgan durang natija baʼzi holatlarda, aksincha, turnir qoidalari bilan cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.

Durang natijaning qabul qilinish shartlari



Durang natija quyidagi holatlardan birida berilishi yoki kelishilgan boʻlishi mumkin:


Durang natija qayd etilishi mumkin boʻlmagan oʻyinlar:



Baʼzi sport turlarida durang natija texnik jihatdan inkor etiladi. Bular:


Durang natijani sunʼiy ravishda bekor qilish.



Ayrim musobaqalarda koʻp holatda oʻyin durang bilan tugashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Vaholanki, durang nazariy jihatdan taqiqlanmagan boʻlsa ham. Bunday musobaqalarda durang natijaning mavjudligi turnir ishtirokchilari tomonidan toʻplangan ochkolarni hisoblash mexanizmini murakkablashtiradi hamda turnirda bir nechta ishtirokchilarning bir xil miqdordagi ochko toʻplash ehtimolini oshiradi. Bundan tashqari, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki soʻzsiz kelishuv asosida raqiblar „durang uchun“ oʻynaydigan belgilangan oʻyinlar ham boʻladi. Bunday holat mavjud turnir holatiga koʻra, durang ikkala raqibga ham mos kelganda sodir boʻladi.

Yuqoridagi holatga yorqin misol Shveytsariya tizimi boʻyicha oʻtkaziladigan intellektual oʻyinlardagi turnirlar boʻlib, unda gʻalaba yoki magʻlubiyat darhol ishtirokchini turnir jadvalida sezilarli darajada koʻtaradi yoki pasaytiradi, durang esa pozitsiyani saqlab qolish imkonini beradi. Bu kuchli oʻyinchilarni „passiv“ taktikaga undaydi. Kuchlar nisbati oʻzaro teng boʻlgan holatlarda raqiblar gʻalaba qozonish uchun oʻynashdan koʻra, „ochko ishlab olish“ maqsadida durangni maʼqul koʻrishadi. Bu kabi oʻyinlarda asosan, tomosha reytingi sezilarli darajada pastlab ketadi. Kuchli ishtirokchilar oʻrtasidagi qiziqarli keskin bahslar oʻrniga tomoshabinlar har ikki tomonning oʻta ehtiyotkor, himoyalangan, qiziqarli voqea-hodisalarga boy boʻlmagan sunʼiy oʻyinni koʻrishga majbur boʻladi. Kuchlilar partiyasidagi „Grossmeysterlar durangi“ bunga misol boʻla oladi.

Ushbu sabablarga koʻra, koʻpincha durangni mutlaqo taqiqlovchi yoki oʻyinchilarni durangga yoʻl qoʻymaslik uchun faol choralar koʻrishga undaydigan turnir qoidalari qoʻllaniladi. Bular:

Shuningdek, oʻyinda durang natijani oldini olish maqsadida asosiy qoidalarga quyidagi tartibda qoʻshimchalar ham kiritilishi mumkin:

Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz