DURAGAYLAR KO’CHATZORI



DURAGAYLAR KO’CHATZORI – eng yaxshi o’simliklarni tanlab olish maqsadida duragaylarni o’stirish ko’paytirish va o’rganish uchun barpo etiladigan dala (maydon), boshlang’ich urug’lik materiali ekiladigan ko’chatzor. Duragaylar ko’chatzoriga 1-, 2-, 3-bo’g’in (g’r G’2, G’3), ahyonda — yuqori bo’g’in duragaylari ekiladi va o’rganiladi. Duragaylar ko’chatzorida nisbiy genetik barqarorlashtirish ishlari o’tkaziladi va selektsiya ko’chatzoriga ekish uchun G’3 dan eng yaxshi elita o’simliklari tanlanadi. Agar duragaylashda gomozigota ota-ona shakllaridan foydalanilgan bo’lsa, Duragaylar ko’chatzorida tanlash G’2 dan, agar geterozigotali (murakkab chatishtirishlarda) ota-ona shakllaridan foydalanilgan bo’lsa G’, dan boshlanadi. Duragaylar ko’chatzorida qiyosiy baholash uchun duragay kombinatsiyalarining ota-ona shakllari yoki asosiy rayonlashtirilgan standart nav ham ekiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz