DUPLIKATSIYA (lotincha duplicatio — ikki marta ortish) — xromosomalar bir qismining ikki yoki ko’proq marta ortishi tufayli ularning o’zgarishi. Duplikatsiya xromosomalar qismlarining o’zaro almashinuvi yoki gomologik xromosomalar o’rtasidagi krossingover bir xil tenglikda sodir bo’lganida kuzatiladi. Xromosomalarning Duplikatsiya bo’lgan qismida shu joyda joylashgan genlar takrorlanadi. Bunday qo’shimcha genlar o’sha xromosoma ichida yoki uning uchlaridan birida joylashishi, ba’zan biror boshqa xromosomaga birikishi mumkin. Duplikatsiya yangi genlarning hosil bo’lish jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish