DUPLEKS JARAYON



DUPLEKS JARAYON (metallurgiyada) — ketma-ket joylashgan ikki eritish agregatida po’lat olish usuli. Konvertermarten pechi, Konverter-elektr pechi, induktsion vakuum pechi-vakkumli yoy pechi Dupleks jarayonga misol bo’la oladi. Sifatli po’lat olish uchun avval cho’yan konverterda (Bessemer yoki Tomas konverterida) po’latga aylantiriladi, suyuq po’lat Marten pechiga quyilib, oltingugurt, fosfordan tozalanadi va kimyoviy tarkibi yaxshilanadi. Dupleks jarayon bolg’alanuvchan cho’yan olish va kulrang cho’yandan sifatli quymalar tayyorlash uchun ham ishlatiladi. Bunda cho’yan avval vagrankaaa eritilib, so’ngra alangali pech yoki elektr pechda qizdirib ishlov berish yo’li bilan qiyomiga yetkaziladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz