DUPLEKS ALOQA



DUPLEKS ALOQA (lotincha duplex — ikki tomonlama, qo’sh) — ikki tomonlama elektr aloqa usuli; bunda xabarlarni bir vaqtning o’zida ham uzatish, ham qabul qilish mumkin. Dupleks aloqa punktlarining har birida uzatuvchi va qabul qiluvchi ikki apparat yoki uzatish va qabul qilish zanjirlari bir-biridan ajratilgan bitta apparat bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz