DUOYI BAD



DUOYI BAD (fors— qarg’ish) — kimnidir qarg’ab, uning zarariga qilingan duo. Masalan, ota-ona qarg’ishi, mazlum qarg’ishi va hokazolar. Xadisi sharifda ota-ona, musofir va mazlum (zulm qilingan) larning duolari shaksiz qabul qilinishi ta’kidlangan. Duoyi Badning ziddi — duoyi xayrdir. Duoyi xayrda kimnidir alqab yoki olqishlab, uning haqqiga qilingan duo tushuniladi. Payg’ambarlardan Nuh (as) o’z qavmlarini Duoyi Bad qilganlar. Natijada ularga Alloh taolo to’fon balosini yuborgan. Islom dinida Duoyi Bad qilish tavsiya etilmaydi. Bir inson yoki hatto farzand yomonlik qilib, ko’p zarar keltirgan taqdirda ham, ularning sha’niga faqat duoyi xayr qilib, Yaratgandan ularga insoftavfiq so’rashlik ulug’insoniy fazilatlardan ekanligi uqtiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz