DUOXONLIK — duo o’qish, dam solish bilan shug’ullanish. Islom an’analari bo’yicha Qur’oni Karim va xadisi shariflarda ko’rsatilgan muayyan duolar o’qib turiladi. Ayni vaqtda mantiqsiz, poyma-poy so’zlarni o’zicha o’qib dam solish hollari ham uchraydi. Islom dini nuqtai nazaridan bulardan birinchisi ruxsat etilgan bo’lib, uni to’g’ri o’qib, ko’rsatilgan tartibda ijro etish mumkin; ikkinchisi esa mutlaqo man etiladi va u bilan shug’ullanish firibgarlik, aldamchilik va gunoh hisoblanadi. Umuman Duoxonlik kasbi bilan kifoyalanib, jismoniy yoki akliy mehnat bilan shug’ullanmaslik shar’an salbiy xususiyatlardan biridir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish