DUOTUZI



DUOTUZI, manglaytuzi — yakka holda peshonaga, juft holda chakkaga taqiladigan taqinchoq; ziynat buyumi. Xorazm ayollarining yomon ko’zdan asrovchi tumori. Tuzilishi yengil shabaka usulidagi aylanma naqshlar bilan qoplangan zarhallangan kumush turunj shaklida bo’lib, atrofi zig’iraklar bilan hoshiyalangan. Quyi qismiga shokilalar o’rnatilgan. Yuzasiga Qur’on oyatlari bitilgan ko’k rangli shishadan, atrofi Feruza ko’zlar bilan o’ralgan sadafdan jilolab tayyorlangan xillari ham bor, shuningdek, ichiga duo yozilgan qog’ozcha soladigan sadafdan tayyorlangan huqqacha — quticha turi ham uchraydi. Duotuzi bosh kiyimiga ilgak bilan mustahkamlanadi. Hozir urfdan qolgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz