DUODENOSTAZ
DUODENOSTAZ — o’n ikki barmoq ichak harakat faoliyatining buzilishi. Bunda ichakda suyuq bo’tqaga o’xshash ovqat luqmasi (ximus) turib qoladi. O’n ikki barmoq ichak yo’lining mexanik sabablarga ko’ra qisman to’silib qolishi (yallig’lanish, o’sma va hokazolar tufayli), unda nerv ta’minotining buzilishi va boshqalar sabab bo’ladi. Me’da va ichak sohasida og’riq, ayniqsa ovqat iste’mol qilgandan so’ng ko’ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Rentgenologik, fibroskopik, monometrik va boshqalar tekshirishlar asosida tashhis qo’yiladi. Kasallik asosan jarrohlik yo’li bilan davolanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz