DUOBASOY



DUOBASOY — Surxondaryo viloyati Sariosiyo va uzun tumanlaridagi soy. Yuqori oqimida Chormogolsoy, quyi oqimida Choshsoy deb nomlanadi. To’polon suv omboriga quyiladi. Boysun tog’ tizmasining Xo’japiryon va xursand-tog’ tarmoqlari Sharqiy yon bag’irlaridan oqib tushadigan 50 dan ortiq irmog’i bor. Uzunligi 33 kilometr, suv to’plash maydoni 244 kilometr kvadrat. Duobasoy yuqori va o’rta oqimida nishabi katta, chuqur va tor vodiyda tez oqadi. Havzasi nisbatan baland va nam havo oqimlariga ro’para joylashganligidan yog’in ko’proq yog’adi. Shu sababli Duobasoyda suv ancha ko’p, o’rtacha suv sarfi 5 metr kub/sekund chamasida. Duobasoy qor-muzliklardan to’yinadi. To’linsuv davri may—iyunda bo’ladi, dekabr—yanvarda suvi kamayadi. Duobasoydan Chosh qishlog’i suv ichadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz