Dunyoning bir qavati




„Dunyoning bir qavati“  — oʻzbek shoirasi Marhabo Karimova qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2008-yil Toshkent shahrida „Fargʻona“ nashriyotida nashr qilingan. „Dunyoning bir qavati“ toʻplamidagi sheʼrlar turli mavzularda boʻlib, aksariyat sheʼrlarda shoira hozirgi kundagi oʻzbeklarning kundalik muammolari, urf-odatlari va anʼanalari, tashvishlariyu shodliklarini hazilomuz tarzda ifodalagan.

Toʻplamdagi sheʼrlar uch qismga boʻlingan: „Asal oyi“, „Poklikka qasida“ va „Oʻzbeklarda shunaqa“. Kitobga qirqdan ortiq sheʼr kiritilgan. „Asal oyi“ qismidan oʻn oltita, „Poklikka qasida“ qismidan oʻn bitta, „Oʻzbeklarda shunaqa“ qismidan esa oʻn toʻqqizta sheʼr oʻrin olgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Muhtarama Ulugʻ — muharrir, Rahima Qoʻngʻirova — musavvir, Hilola Karimova — musahhih, Umid Jabborov — sahifalash va dizayn ishlari.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz